[vc_row css_animation=”” row_type=”row” use_row_as_full_screen_section=”no” type=”full_width” angled_section=”no” text_align=”left” background_image_as_pattern=”without_pattern”][vc_column width=”5/6″][vc_single_image image=”21378″ img_size=”full” alignment=”center” qode_css_animation=”” qode_hover_animation=”zoom_in”][vc_empty_space][vc_column_text]
Shanxay (上海) – Xitoy Xalq Respublikasining to’rtta munitsipalitetlaridan biridir. U Yangtsze daryosining janubiy ostaryosida joylashgan va u orqali Huangpu daryosi oqib o’tadi. Shanxay 2019 yilga kelib 24,28 million aholiga ega bo’lib, dunyoda aholi soni bo’yicha ikkinchi o’rinda va Xitoyning eng ko’p aholisi bo’lgan shahardir. Shanxay moliya, innovatsiya va transportning global markazidir va Shanxay porti dunyodagi eng gavjum konteyner portidir.
[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]
Shanxayda qaysi turdagi firma ochish mumkin?
[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_column_text]
Shanxayda (Xitoyning boshqa shaharlari kabi) chet elliklarga 4 xil firma ochishga ruxsat berilgan:
1) MChJ – Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Inglizchasiga “LLC”, “WFOE”, “WFOE”, Xitoychasiga “外商独资企业”).
2) Vakolatxona (Inglizchasiga “Representative Office”, Xitoychasiga “代表处”)
3) Qo’shma korxona (Inglizchasiga “Joint Venture”, Xitoychasiga “合资企业”)
4) Hamkorlik korxonasi (Inglizchasiga “Partnership”, Xitoychasiga “合伙人制度”[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_column_text]
Vakolatxona, Qo’shma korxona va Hamkorlik korxonalari (formalari) chet elliklar orasida unchalik ham mashhur emas. Chunki bunday turdagi firmalarning huquqiy faoliyati Xitoyda har xil talablar bilan chegaralangan. Shuning uchun, bu uerda faqat MChJ (WFOE / WOFE, 外商独资企业) haqida gapiramiz. Agarda sizga yuqorida tilga olingan boshqa firma turlari haqida to’liq ma’lumot kerak bo’lsa biz bilan bog’laning.
[/vc_column_text][vc_empty_space][qode_accordion style=”toggle”][qode_accordion_tab title=”MChJ – Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Inglizchasiga-LLC, WFOE, WFOE, Xitoychasiga 外商独资企业)”][vc_column_text]
Xitoyda chet elliklar orasida eng ko’p ochiladigan firma turi aynan siz bilgan Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat firma turidir. Bu firma turini ko’pinchalik inglizcha nomi bilan ataydi – WFOE/WOFE, ya’ni Wholly Foreign Owned Enterprise / Wholly Owned Foreign Enterprise – o’zbek tiliga tarjima qilganda “Butunlay Xotijiy Korxona” yoki “To’liq chet ellikka tegishli bo’lgan korxona” ma’nolari kelib chiqadi.
[/vc_column_text][vc_column_text]
Xitoy Xalq Respublikasining kompaniya to’g’risidagi qonuniga (Company Law of the People’s Republic of China) ko’ra “Mas’uliyati cheklangan jamiyatning aktsiyadori jamiyat uchun qo’shgan kapital hissasi doirasida javobgardir. MChJ’ning aktsiyalar bo’yicha cheklangan aktsiyadori jamiyatda egalik qilgan aktsiyalar hajmida javobgar bo’ladi” [3-modda]
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoyda MChJ (WFOE / WOFE, 外商独资企业) ochib nima biznes bilan shug’ullanish mumkin?”][vc_column_text]
Xitoyda chet elliklar qilishi mumkin bo’lgan bizneslar davlat belgilab bergan ro’yxatlar bilan chegaralangan – ba’zi biznes turlari mumkin emas. Misol uchun, ta’lim sohasi, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan minerallar va foydali qazilmalarni kovlab olish, bank yoki maxsus moliya xizmatlari va ho. bunday biznes turlari to’liq yoki qisman chegaralangan bo’lib, ular bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan chet elliklar davlat qo’ygan talablarga javob berishlari kerak bo’ladi.
[/vc_column_text][vc_column_text]
Xitoyda ochilgan MChJ (WFOE / WOFE, 外商独资企业) davlat chegaralamagan barcha biznes turlari bilan shug’ullanishi mumkin. Lekin ta’sischilar nima biznes faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lsalar, firma ochish uchun berilgan arizada faoliyat turlarini aniq ko’rsatishlari kerak bo’ladi va firmaning faoliyati davlat bergan firma guvohnomasida yoziladi.
[/vc_column_text][vc_column_text]
Xitoyda ochilgan MChJ (WFOE / WOFE, 外商独资企业) shug’illanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
[/vc_column_text][vc_column_text]
1. Xalqaro va mahalliy savdo, import va eksport
2. Biznes konsalting
3. Sport konsalting
4. IT Biznes konsalting
5. Grafik dizayn
6. Tarjimonlik
7. Madaniy targ’ibot (культурное продвижение)
8. Restoran, kafe, nonvoyxona va ho.[/vc_column_text][vc_column_text]
Eslatma: yuqorida keltirilgan biznes faoliyat turlarining har biri alohida MChJ (WFOE / WOFE, 外商独资企业) sifatida ro’yxatdan o’tqazilishi mumkin. Yoki ba’zi faoliyat turlari birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Chet ellik tadbirkorlar orasida “xalqaro savdo + biznes konsalting” ko’rinishida firma ochish ko’p tarqalgan. Bu yerda e’tiborli jihat shundaki, xalqaro/mahalliy savdo ko’rinishida ochilgan firma faoliyatiga biznes konsalting kirishi mumkin, lekin biznes konsalting ko’rinishida ochilgan firma xalqaro savdo bilan shug’ullanishi mumkin emas. To;liq ma’lumot uchun biz bilan bog’laning va biz sizga kerakli maslahatlarni beramiz.
[/vc_column_text][vc_column_text]
Yana shunga e’tibor qilish kerakki, xalqaro/mahalliy savdo firmasi import yoki eksport qilishi mumkin bo’lgan mahsulotlar uchun davlat ba’zida qo’shimcha litsenziya talab qilishi mumkin. Masalan, oziq ovqat va ichimlik mahsulotlari uchun alohida litsenziya olish kerak bo’ladi. Bu haqda ma’lumot olish uchun biz bilan bog’laning.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”MChJ (LLC, WFOE/WOFE, 外商独资企业) firmasini ochish uchun qanday hujjatlar kerak?”][vc_column_text]
Shanxayda MChJ (WFOE/WOFE, 外商独资企业) ochish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
[/vc_column_text][vc_column_text]
- Ta’sischi(lar)ning Xitoy elchixonasida legalizatsiya qilingan pasport nusxasi (original hujjat pochta orqali bizga yetqazilishu kerak bo’ladi) + pasportning rangli nusxasi va xitoy tiliga tarjimasi.
- Firma direktorining (talab qilingan lavozim) Xitoy elchixonasida legalizatsiya qilingan pasport nusxasi (original hujjat pochta orqali bizga yetqazilishu kerak bo’ladi) + pasportning rangli nusxasi va xitoy tiliga tarjimasi.
- Firma nazoratchisining (ing. Supervisor, talab qilingan lavozim) rangli pasport nusxalari (original hujjat pochta orqali bizga yetqazilishu kerak bo’ladi).
- Barcha ta’sischilar, firma direktori, nazoratchi uchun yashash manzili, email, telefon raqamlar haqida to’liq ma’lumot.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firma tarkibi – strukturasi qanday bo’ladi?”][vc_column_text]
- Ta’sischilar: 1 – 50 ta, individual (shaxs) yoki korporativ (boshqa firma)
- Firma direktori: 1 ta, individual (shaxs).
- Firma nazoratchisi (ing. supervisor): 1 ta, individual (shaxs)
[/vc_column_text][vc_column_text]
Eslatma: Firma ta’sischisi individual (ya’ni 1 shaxs) bo’lganda bir vaqtning o’zida firma direktori bo’lishi mumkin.
[/vc_column_text][vc_column_text]
1 ta firma direktori va 1 ta nazoratchi tayinlash mumkin. Ya’ni 1 tadan ko’p mumkin emas.
[/vc_column_text][vc_column_text]
Bu ikki lavozimga chet ellik yoki mahalliy (xitoylik) millatga mansub shaxslar tayinlanishi mumkin va ular firma ta’sischilaridan bo’lishlari ham mumkin, lekin ta’sischi bo’lishga majbur emaslar – shunchaki lavozim egalari bo’lishi mumkin.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firma ochish qanday bosqichlardan iborat va bunga qancha vaqt ketadi?”][vc_column_text]
Firma ochishga hammasi bo’lib taxminan 4 oy ketadi va bu umumiy 3 qismdan iborat:
1) Firma ochish – taxminan 1 – 1.5 oy;
2) Firmaning bank hisob raqamini ochish – taxminan 1 oy;
3) Firmani Davlat Soliq Qo’mitasidan ro’yxatdan o’tqazish – taxminan 1 – 2 oy.[/vc_column_text][vc_column_text]
Firma ochilgach firma direktori lavozimizga tayinlangan inson Shanxayga kelishi kerak bo’ladi. Chunki firmaning bank hisob raqamini ochish uchun shaxsan bankka borishi talab etiladi. Albatta, buning uchun bizning xodimlardan biri firma direktori bilan birgalikda bankka boradi va bankda hisob raqam ochish jarayonida yordamchi bo’ladi.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firmaning korporativ bank hisob raqami qanday ochiladi?”][vc_column_text]
Firmaning Bank hisob raqamini ochish 3 qismga bo’linadi:
1) Ariza topshirish va firmaning yuan hisob raqamini ochish (o’rtacha 1 soat ketadi);
2) 7-10 kundan keyin, bankka qayta boriladi va ochilgan hisob raqamni aktivatsiya qilinadi va bankdan hujjatlar olinadi;
3) 7-10 kundan keyin, firmaning valyuta (dollar, yevro va ho.) hisob raqamlari ochiladi. Buni uchun bankka borish shart emas.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firmani Davlat Soliq Qo’mitasidan qanday ro’yxatdan o’tqaziladi?”][vc_column_text]
Bu jarayon Xitoyda firma ochishdagi eng oxirgi bosqich va buning uchun firma direktori shaxsan Davlat Soliq Qo’mitasiga borishi kerak bo’ladi. Chunki, 2020 yil, yanvar oyida chiqqan yangi talabga binoan, firma direktorining shaxsiyatini tasdiqlash uchun uning o’zi firma hujjatlari va pasporti bilan soliq idorasiga borishi kerak. Albatta, bu jarayonda ham bizning xodimimiz siz bilan birga boradi va kerakli yordamni ko’rsatadi. Yuqorida aytilganidek, soliq idorasiga borib firmani ro’yxatga olish uchun ariza berilgandan keyin taxminan 1 oy kutiladi.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firma ochilgach, barcha bosqichlar tugagach, firma direktori va ta’sischilari Xitoy ish vizasini olishlari mumkinmi?”][vc_column_text]
Xitoy ish vizasi, amaldagi qonunlarga ko’ra, faqatgina Xitoyda ishlamoqchi bo’lgan insonlarga beriladi. Ya’ni firma ta’sischilari hech qanday lavozimga ega bo’lmasalar, ish vizaga ariza berishlari mumkin bo’lmaydi.
Firma direktori va nazoratschisi esa Xitoy ish vizasiga ariza berishlari mumkin. Arizalar Xitoy elchixonasida yoki Xitoy ichida – immigratsiya bo’limida berilishi mumkin.[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoy ish vizasi (Z kategoriya) qancha muddatga beriladi?”][vc_column_text]
Xitoyda firma ochish orqali ish viza olganda, ish viza birinchi marta, holatga qarab, 1 oydan 1 yilgacha beriladi.
Agarda ish vizasi O’zbekistondagi Xitoy elchixonasidan olinsa, avvalo Xitoyga kirish vizasi beriladi va u viza 1 oy muddat bilan beriladi, ya’ni Xitoyga kirgach, 1 oy muddatda Rezident Ish vizaga alishtirish talabi bilan beriladi.
Agarda ish vizasi Xitoy ichida, immigratsiya bo’limidan olinsa, ariza beruvchiga birdaniga Rezident Ish vizasi beriladi va bu yuqorida aytilganidek, holatga qarab, 1 oydan 1 yilgacha beriladi.[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoy Rezident Ish Vizasi nima va u qanday olinadi?”][vc_column_text]
Xitoy Rezident Ish Vizasi (Residence Visa with the purpose of work – ishlashga ruxsat beruvchi yashash vizasi) Xitoyda yashab ishlamoqchi bo’lgan insonlarga beriladi. Umuman olganda, bu viza haqiqiy ish vizasi hisoblanadi, ya’ni Xitoy elchisonasidan olingan ish vizasi (Z kategoriya) shunchaki Xitoy hududiga kirish uchun beriladi xolos u vizaning o’zi bilan ishlash mumkin emas. Xitoyga ish vizasi bilan kelgan insonlar 1 oy ichida Rezident Ish Vizaga ariza topshirishlari kerak bo’ladi. Ariza topshirish 3 bosqichdan iborat:
1) Ish kartasiga ariza berish (10 minut) va taxminan 7-10 kun kutish;
2) Ish kartasi berilgach, firma hujjatlari va boshqa kerakli hujjatlar bilan birgalikda Rezident Ish Vizaga ariza topshirish (10-20 minut) va taxminan 2-3 kun kutish;
3) Suhbat – Xitoy immigratsiya bo’limi suhbat vaqtini belgilash uchun bizga qong’iroq qiladi va ariza beruvchini suhbatga chqiradi.
Suhbat ingliz yoki xitoy tilida bo’ladi. Shuning uchun, firma ochib Xitoyda ish vizasi olaman, degan tadbirkorlar uchun ingliz tilini yoki Xitoy tilini biroz bo’lsada o’rganish tavsiya etiladi. Chunki, suhbatning natijasiga qarab beriladigan viza muddati o’zgaradi – agar suhbat yaxshi o’tsa, 1 yilgacha viza beriladi, agarda suhbat qoniqarsiz o’tsa, 1 yoki 2 oylik viza beriladi va ariza beruvchining oldiga shart qo’yiladi. Bu shart 1-2 oy davomida firmaning biznes uchun ochilganini isbotlash, pul tushumlarini, shartmona va invoyslarni ko’rsatish uchun beriladi.
Shartlara belgilangan hujjatlar tayyor bo’lgach, biz immigratsiya bo’limi bilan qayta suhbat uchun vaqt belgilaymiz va ariza beruvchi bilan birga boramiz. Ikkinchi suhbat qoniqarli bo’lsa, 6 oydan 1 yilgacha viza beriladi. Agarda yana qoniqarsiz bo’lsa, odatda 6 oy beriladi va yana shartlar qo’yiladi.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoyda MChJ (LLC, WFOE / WOFE, 外商独资企业) ochish uchun qancha ustav kapitali kerak bo’ladi?”][vc_column_text]
2016 yildan beri Xitoyda MChJ (LLC, WFOE / WOFE, 外商独资企业) firmasining aksariyat turlarini ochish uchun chet elliklardan hech qanday ustab kapitali talab qilinmaydi, ya’ni 0 balans bilan bunday firma ochish mumkin. Lekin albatta, biznes faoliyat turiga qarab, ba’zi turdagi firmalar uchun minimal ustav kapitali talab qilinadi. Misol uchun, ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan firma ochish uchun (ishlab chiqarish turiga qarab) 5 million RMB (yuan) dan yuqori ustav kapitali talab qilinadi, kargo bilan shug’ullanadigan firma uchun ham minimal 5 million RMB (yuan) ustav kapitali talab qilinadi.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoyda firma ochish uchun qancha xarajat ketadi?”][vc_column_text]
Shanxayda firma ochish uchun davlat to’lovlari va bizning xizmatimiz + bir yillik buxgalter + 1 yillik ofis uchun taxminan 26000 RMB (yuan) xarajat ketadi (2020 yil, aprel oyi uchun)
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoyda firma ochganda qanday majburiyatlar bor?”][vc_column_text]
Xitoyda ochilgan har bir MChJ (LLC, WFOE / WOFE, 外商独资企业) firma uchun quyidagi majburiyatlar bor:
1) 1 ta Direktor tayinlash;
2) 1 ta Nazoratchi (supervisor) tayinlash;
3) Oylik va yillik buxgalteriya hisobotlari topshirish – firma uchun buxgalter tayinlash ham majburiyatdir. Shuning uchun biz orqali ochilgan firmalarning hammasiga 1 yillik buxgalteriya xizmatlari qo’shilgan. 2- yildan boshlab bu xizmatni yangilash kerak bo’ladi. Chet elliklar Xitoyda buxgalteriya hisoboti topshrishga haqqi yo’q – buning uchun maxsus litsenziya talab qilinadi.
4) Virtual bo’lmagan ofis joyi, ya’ni jismoniy ofis (physical office space) – Xitoyning amaldagi Kompaniya Tog’risidagi Qonunlariga ko’ra, har bir MChJ (LLC, WFOE / WOFE, 外商独资企业) o’zining jismoniy ofisiga ega bo’lishi shart. Shuning uchun biz orqali ochilgan firmalarning barchasiga 1 yillik ofis joyi beriladi. 2- yildan boshlab bu xizmatni yangilash kerak bo’ladi.
Eslatma: Xitoydagi ba’zi agentliklar “virtual” ya’ni fqat qog’ozda bo’lgan ofis adresini ishlatish mumkinligini aytib mijozlarni aldashlari mumkin. Aslida bu Xitoy qonunlariga zid va biz barcha mijozlarni ehtiyotkorlikka chaqiramiz.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Xitoyda firma nomlari qanday tanlanadi?”][vc_column_text]
Xitoyda MChJ (LLC, WFOE / WOFE 外商独资企业) firma nomlari Xitoy va Ingliz tilida bo’lib, quyidagi strukturada bo’ladi:
1. Firma ro’yxatga olingan shahar nomi;
2. Firmaning tanlangan nomi;
3. Biznes faoliyat turi;
4. “LTD” qo’shimchasi.
Misol uchun: “Shanghai Silk Road International Trading Co., LTD”
Firmaning Xitoy tilidagi nomi asosiy nom va Ingliz tilidagi nomi 2-nom sifatida qo’llanadi. Barcha hujjatlarda Xitoy tilidagi nom bo’lishi shart va Ingliz tilidagi nomning hujjatlarda qo’llanishi ixtiyoriydir. Lekin, firmaning pechatlarida ikkala nom ham – Xitoy va Ingliz tillaridagi nomlar – yoziladi. Firmaning biznes litsenziyasida (firma guvohnomasida) faqat Xitoy tilidagi nom yoziladi.
[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][/qode_accordion][vc_empty_space][vc_empty_space][/vc_column][vc_column width=”1/6″][/vc_column][/vc_row]