Eng Ko'p So'raladigan Savollar

Iltimos quyidagi savol va javoblarni o’qib chiqing, bu yerda eng ko’p so’raladigan savollarga javoblarimiz keltirilgan. Bu yerda javob berilmagan savol bo’lsa, vebsaytimizning “Aloqa” sahifasi orqali anketa to’ldirib savollaringizni bizga yo’llashingiz mumkin. Yoki +8613040688804 raqamiga telegram orqali ham yo’llashingiz mumkin.

Iltimos menga XXX mahsulotning narxini bilib bering

Biz shunchaki narx bilib berish bilan shug’ullanmaymiz, iltimos avvalo Xitoydan mahsulot topish xizmatimizni sotib oling, undan keyin siz istagan mahsulotni (bitta mahsulot) eng arzon va sifatlisini (mablag’ingizga moslab) topib beramiz, zavod bilan gaplashib beramiz va albatta siz istagan manzilga jo’natishni tashkillashtirib beramiz (kargo xizmati alohida to’lanishi kerak). Buyurtma berish uchun ushbu vebsaytning “buyurtma berish” sahifasiga boring va “Buyurtma berish” tugamasi orqali xizmatni sotib oling, keyin sahifada keltirilgan anketani to’ldiring va javoblaringizni “yuborish” tugmasini bosib bizga yo’llang.

Siz bilan Telegram yoki Zoom orqali yuzma-yuz gaplashib olsak bo'ladimi?

Bo’ladi, ammo buning uchun avvalo konsalting sotib olishingiz kerak. Bizga murojaat qiladigan insonlarning soni juda ko’p, afsuski har bir inson bilan yuzma-yuz ko’rishib gaplashib olishga jismonan vaqt yetmaydi. Shuning uchun, professional biznes konsalting xizmatimiz mavjud. Biznes konsalting sotib olganingizdan keyin belgilangan vaqtda siz bilan Zoom yoki Telegram orqali shaxsan ko’rishib savollaringizga javob beriladi. Konsalting xizmatini bu yerda sotib olishingiz mumkin (JR & Firm bizning AQShdagi Korporativ Konsalting firmamiz)

XXX mahsulotni O'zbekistonga (yoki boshqa biror davlatga) jo'natish qancha bo'ladi?

Kargo narxini aniq hisoblab berishimiz uchun, iltimos kargoning umumiy hajmini (necha kub va necha kilogram), u aniq qanday mahsulot ekanini, va Xitoyning qayerida turganini, va O’zbekistonning (yoki boshqa davlatning) aniq qaysi joyiga borishi kerakligini bizga email (contact@silkroadinter.trade) yoki Telegram orqali ayting. Ma’lumotni olgach sizga aniq hisoblab beramiz.

Men XXX biznes boshlamoqchiman, menga XXX mahsulotlar kerak, shularning narxini bilib bering, O'zbekistonga jo'natish qancha bo'ladi?

Biz shunchaki narx bilib berish bilan shug’ullanmaymiz, iltimos avvalo Xitoydan mahsulot topish xizmatimizni sotib oling, undan keyin siz istagan mahsulotni (bitta mahsulot) eng arzon va sifatlisini (mablag’ingizga moslab) topib beramiz, zavod bilan gaplashib beramiz va albatta siz istagan manzilga jo’natishni tashkillashtirib beramiz (kargo xizmati alohida to’lanishi kerak). Buyurtma berish uchun ushbu vebsaytning “buyurtma berish” sahifasiga boring va “Buyurtma berish” tugamasi orqali xizmatni sotib oling, keyin sahifada keltirilgan anketani to’ldiring va javoblaringizni “yuborish” tugmasini bosib bizga yo’llang.

Men Taobao / Tmall / 1688 va boshqa platformalardan mahsulot olib sizning Xitoydagi skladingizga jo'natmoqchiman, mahsulotlarni yig'ib, hammasini bir qilib menga O'zbekistonga jo'natib bera olasizmi?

Ha, jo’natib bera olamiz. Bizning skladga Xitoy onlayn bozorlaridan (taobao, tmall, jd.com, alibaba, aliexpress, 1688.com va ho.) mahsulot olib, ularni bir joyda yig’ib, keyin O’zbekistonga jo’natish xizmatimizdan foydalanish uchun avvalo biz bil xizmat shartnomasi imzolashingiz kerak bo’ladi. Buning uchun bizga aynan shu masalada murojaat qiling: +8613040688804 (Telegram), Email: contact@silkroadinter.trade

Men sizning xizmatlaringiz uchun qanday to'lov qilaman?

Biz sanktsiyaga tushmagan davlatlarda ochilgan Visa / Mastercard orqali yoki bank o’tqazmalari orqali firmamiz hisobiga to’lovlar qabul qilamiz. Sizga qaysi qulay bo’lsa, to’lovni shunday amalga oshirishingiz mumkin.

Xitoydagi bir zavodga borib, mahsulotlarni ko'rib sifatini tekshirish kerak, shunga yordam bera olasizmi?

Yordam bera olamiz. Agarda borish kerak bo’lgan zavod va manzili aniq bo’lsa, biz bilan bog’laning (+8613040688804 (Telegram), Email: contact@silkroadinter.trade) va zavodning qayerda joylashganiga va qancha vaqt ketishi mumkinligiga qarab sizga xizmat narxi chiqarib beramiz. To’lov qilingach, xodimimiz siz xohlagan zavodga borib, siz sotib olayotgan mahsulotning sifatini tekshirib, zavoddan turib siz uchun video tayyorlab beradi.

Menga XXX mahsulotlar bo'yicha Xitoy zavodlarining / sotuvchilarining kontaktlari kerak edi, topib bera olasizmi?

Ha topib bera olamiz. Buning uchun iltimos avvalo Xitoydan mahsulot topish xizmatimizni sotib oling, undan keyin siz istagan mahsulotni (bitta mahsulot) eng arzon va sifatlisini (mablag’ingizga moslab) topib beramiz (sotuvchi va zavodning kontaktlari ham beriladi), zavod bilan gaplashib beramiz va albatta siz istagan manzilga jo’natishni tashkillashtirib beramiz (kargo xizmati alohida to’lanishi kerak). Buyurtma berish uchun ushbu vebsaytning “buyurtma berish” sahifasiga boring va “Buyurtma berish” tugamasi orqali xizmatni sotib oling, keyin sahifada keltirilgan anketani to’ldiring va javoblaringizni “yuborish” tugmasini bosib bizga yo’llang.

Skladingiz qayerda joylashgan?

Bizda Xitoyning Yiwu, Guangzhou va Shanghai shaharlarida skladlar mavjud. Biz bilan mahsulot konsolidatsiyasi / mahsulotlarni skladga yig’ib, bittada jo’natib berish xizmati uchun shartnoma imzolaganingizdan so’ng, sizga skladlar manzillari va ularga qanday qilib mahsulotlarni jo’natish haqida to’liq ma’lumot beriladi. Buning uchun bizga aynan shu masalada murojaat qiling: +8613040688804 (Telegram), Email: contact@silkroadinter.trade

Menga Xitoyga viza kerak, qilib bera olasizmi?

Biz shunchaki viza masalalari bilan shug’ullanmaymiz. Agarda bizning korporativ konsalting firmamiz – JR & Firm xizmatlaridan foydalansangiz, sizga Xitoy yoki boshqa davlatlarda firma ochish va sarmoya kiritish orqali investor vizasi bilan yordam berishimiz mumkin. Buning uchun JR & Firm vebsaytiga tashrif buyuring va xizmatlar bilan tanishib chiqing.

Men Xitoyga mahsulot eksport qilmoqchiman, yordam bera oalsizmi?

Xitoyga mahsulot eksport qilish bilan yordam bera olamiz, ammo bu jarayon uzoq cho’ziladigan jarayon va turli faktorlarga bog’liq. Iltimos bilan bilan aynan shu masalada bog’laning va mahsulotingiz, qancha miqdorda doimiy ravishda yetqazib bera olishingiz, mahsulot qadoqlanganmi yoki yo’qligi, rasmlari va ho. boshqa ma’lumotlarni bizga yetqazing. Ma’lumotlarga asoslanib, sizga aniq javob beramiz. +8613040688804 (Telegram), Email: contact@silkroadinter.trade

Xitoydan Mahsulot olish (Sourcing xizmati)

Iltimos, quyidagi formani to’ldiring va biz sizga Xitoydan istalgan mahsulotni eng arzon va yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi / zavodlardan topishda yordam beramiz. Xitoydan mahsulot topish, zavodlar / sotuvchilar bilan sizning nomingizdan gaplashish, savdolashish va mahsulotni siz istagan manzilga jo’natib yuborishni tashkillashtirish – eng arzon va sifatli logistika firmalarini topish va Xitoyda kerak bo’ladigan eksport hujjatlarni tayyorlashda yordam berish (jo’natish narxi bunga kirmaydi) xizmat haqqi $310.

Zavodlarga borish: Agarda mahsulotni zavodga shaxsan borib tekshirish kerak bo’lsa, biz bilan bog’laning: Bizda Xitoy bo’ylab turli zavodlarga borib mahsulot sifatini tekshirish xizmat ham mavjud.

Eslatma: Mahsulotning umumiy narxidan qat’i nazar, biz xizmat haqqini o’zgartirmaymiz va mahsulotning haqiqiy narxi ham o’zgarmaydi (Ya’ni zavod bergan narx).

Jo’natib berish: Mahsulotning umumiy hajmi, mahsulot turi, jo’natiladigan manzil va boshqa tafsilotlarga qarab narx turlicha bo’ladi. Aniq narxni mahsulot topib bo’lingach aytamiz.

Savollar: Qo’shimcha savollarni +8613040688804 telegram raqamiga jo’natishingiz mumkin.

5 + 6 =

Websaytimizga a’zo bo’ling

error: Content is protected !!