Dubayda firma ochish

[vc_row css_animation=”” row_type=”row” use_row_as_full_screen_section=”no” type=”full_width” angled_section=”no” text_align=”left” background_image_as_pattern=”without_pattern”][vc_column width=”5/6″][vc_single_image image=”21402″ img_size=”full” alignment=”center” qode_css_animation=”” qode_hover_animation=”zoom_in”][vc_empty_space][vc_column_text]

Dubay (دبي) – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) eng gavjum shahri va Dubay Amirligining poytaxti.

Arabiston yarimorolining sharqiy qismida Fors ko’rfazi sohilida joylashgan Dubay G’arbiy Osiyoning tijorat markazlaridan biriga aylangan. Shuningdek, Dubay yo’lovchilar va yuklar uchun asosiy global transport markazi hamdir. Neftdan keladigan daromad shaharning rivojlanishini tezlashtirishga yordam berib kelmoqda.

Dubay azaldan yirik tijorat markazlaridan biri bo’lgan. Dubay haqida dastlabki ma’lumotlar 1095 yilda Andalusiya-arab geografi Abu Abdulloh al-Bakri tomonidan “Geografiya” kitobida yozilgan. Venetsiyalik marvarid savdogari Gasparo Balbi bu hududga 1580 yilda tashrif buyurgan va Dubaynining (Dibey) marvarid sanoati haqida ma’lumot qoldirgan.

Bugungi kunda amirlik daromadining 5 foizdan kamrog’i neftdan keladi. 20-asrning boshlaridan beri mintaqaviy va xalqaro savdo markazi bo’lgan Dubay iqtisodiyoti savdo, turizm, aviatsiya, ko’chmas mulk va moliyaviy xizmatlardan keladigan daromadlarga tayanadi. Hukumat ma’lumotlariga ko’ra, Dubay aholisi 2020 yil yanvar holatiga ko’ra 3,38 million atrofida.

[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]

Dubayda qaysi turdagi firma ochish mumkin?

[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_column_text]Birlashga Arab Amirliklarida, umumiy olganda, firmalar 3 joyda ochilishi mumkin:

1. Shaharlar/Amirliklar ichida (Mainland, onshore), ya’ni maxsus Erkin va Ofshor Yurisdiktsiyalardan tashqarida;

2. Erkin Zonada (Free Zone, FZ);

3. Ofshor Yurisdiktsiyalarda (Offshore Jurisdiction).

Shaharlar/Amirliklar ichida (Mainland, onshore) litsenziyalash organi tegishli amirliklarning Iqtisodiy Rivojlanish Boshqarmasi hisoblanadi, ya’ni inglizcha “Department of Economic Development” (DED).

Erkin Zona va Ofshor Yurisdiktsiyada, tegishli Erkin Zona va Ofshor Yurisdiktsiyalar Ma’muriyati litsenziyalash organi hisoblanadi va ularning o’z qonun va talablari bor.

BAA’da shaharlar va amirliklar ichida (Mainland, onshore), Erkin Zona (Free Zone) va Ofshor Yurisdiktsiyalarda (Offshore Jurisdiction) ro’yxatga olinadigan firmalarning keng tarqalgan huquqiy shakllari quyidagilardir:

1) Yakka Tadbirkorlik (Sole Proprietorship);
2) Fuqarolik Kompaniyasi yoki professionallar uchun biznes sheriklik (Civil Company);
3) Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (MChJ), (LLC, onshore LLC);
4) Hamkorlik – 2 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin – Mas’uliyati Cheklangan yoki Cheklanmagan (LLC and Parnership);
5) Xususiy Aktsiyadorlik Xolding Kompaniyasi (Private Share Holding Company)
6) Umumiy Aktsiyadorlik Xolding Kompaniyasi (Public Share Holding Company)
7) Xorijiy Kompaniyalarning Vakolatxonasi / Filiali (Branch of Foreign Companies/Representative Office)
9) FKHK kompaniyalarining filiali (Branch of GCC companies – companies registered in Gulf Cooperation Council countries) – ya’ni Fors Ko’rfazi Hamkorlik Kengashi davlatlarida ochilgan firma filiali;
10) Erkin Zona Kompaniyasining Filiali (Branch of Free zone company);
11) Dubayda Joylashgan Kompaniyalarning Filiali (Branch of Dubai based companies);
12) BAAda Joylashgan Kompaniyalarning Filiali (Branch of UAE based companies)

BAA qonunlariga binoan BAAda o’z biznesini ochishni istagan xorijiy tadbirkorlar va investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) 5 xil firma/biznes turini boshlashlari mumkin:

(Firma ochishda chet elliklar o’zlari (yuridik va jismoniy shaxslar) yoki BAA’lik yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda ishlashlari mumkin bo’ladi)

1) Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (LLC)
2) Erkin Zonada ochilgan Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Free Zone LLC)
3) Ofshor Yurisdiktsiyada ochilgan Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Offshore Jurisdiction LLC)
4) Tijorat Agentligi Shartnomasi (Commercial Agency Agreement)
5) Filial / Vakolatxona (Branch / Representative Office)
6) Fuqarolik Kompaniyasi yoki professionallar uchun biznes sheriklik (Civil Company)

[/vc_column_text][vc_empty_space][qode_accordion style=”toggle”][qode_accordion_tab title=”Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Dubai LLC – Limited Liability Company, onshore LLC), Dubay onshor firmasi”][vc_column_text]

Chet ellik investorlar va tadbirkorlar uchun Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ, LLC – bu yerda onshor MChJ nazarda tutilmoqda) BAAda ro’yxatga olinadigan korxonalarning eng keng tarqalgan turi bo’lib, bunday tashkilotning maqsadi shaharlar/amirliklar ichida (onshore) – onshor, Erkin va Ofshor Zonalardan tashqarida savdo qilishdir. Biroq, bunday tashkilotlarga 100% chet elliklar egalik qilishiga yo’l qo’yilmaydi. BAA Tijorat Kompaniyalari To’g’risidagi Qonunga (CCL – Commercial Companies Law) muvofiq, xorijiy investorlarga BAA MChJ firmalarida 49 foizgacha ulushga egalik huquqi beriladi va qolgan 51 foiz ulush bir yoki bir nechta BAA fuqarolari tomonidan ushlab turilishi kerak.

Tijorat Kompaniyalari To’g’risidagi Qonunning (218) moddasiga muvofiq MChJ kamida 1 (2015 yilgi Federal Tijorat Kompaniyalari To’g’risidagi Qonunning 8-moddasi) va maksimal 50 aktsiyadorlar tomonidan tashkil qilishi mumkin va ularning majburiyatlari ular egalik qilgan aktsiyalar miqdori bilan chegaralangandir. Tijorat Kompaniyalari To’g’risidagi Qonunning 217-moddasiga kiritilgan 2009 yil iyun oyidagi o’zgartirishlarga ko’ra MChJ tashkil qilishdagi minimal ustav kapital talablari bekor qilingan va bu o’z navbatida ta’sischilarga qator yengilliklar berdi – ustav kapitalini biznes plandan kelib chiqqan holda kamroq miqdorda belgilash mumkin. Eslatib o’tamiz, 2009 yildan oldin, Dubayda MChJ tashkil qilish uchun 30000 AED va boshqa Amirliklarda 150 000 AED minimal ustav kapitali talabi bor edi.

MChJ kamida bitta, ko’pi bilan beshta menejer tayinlashi kerak. Menejerlar Uyushma memorandumi (Memorandum of Association) yoki boshqaruv shartnomasi (Management contract) asosida, belgilangan yoki cheklanmagan muddatga tayinlanishi kerak. Agar Uyushma to’g’risidagi memorandumda boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, menejer MChJni boshqarish bo’yicha to’liq vakolatlarga ega. MChJga BAAda o’z faoliyatini Savdo Litsenziyasi (Trade License) va Tijorat Guvohnomasisiz (Commercial Registration Certificate) amalga oshirish mumkin emas.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Erkin Zonada ochilgan Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Free Zone LLC)”][vc_column_text]

Bugungi kunda (2020 yil, aprel) BAA’da har xil sohalarga yo’naltirilgan 46 Erkin Zona mavjud (shulardan 30tadan ko’pi Dubayda) va yana 10ga yaqin yangi Erkin Zona qurilish arafasida. Ular ham tez kunlarda ishga tushishi kutilmoqda.

Chet ellik tadbirkorlar va investorlar ushbu Erkin Zonalarda o’z firmalarini 100 foiz egalik bilan ochishlari mumkin. Ya’ni bunday maxsus zonalarda ro’yxatga olingan firma 100 foiz chet ellik investorlarga tegishli bo’lishi mumkin va hech qanday mahalliy sponsor yoki sherik talab qilinmaydi.

Yuqirida aytilganidek, Erkin Zonalar har xil sohalarga yo’naltirilgan. Demak, investorlar va tadbirkorlar boshlamoqchi bo’lgan bizneslariga qarab Erkin Zona tanlashlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Lekin albatta, qaror qabul qilishda boshqa faktorlar ham mavjud. Har bir Erkin Zonaning o’ziga yarasha qonun qoidalari va talablari bor va ularni solishtirganda ushbu talablarni sinchkovlik bilan o’rganish tavsiya etiladi.

Dubay Erkin Zonalarida ochilgan firmalar Dubay ichida to’g’ridan to’g’ri faoliyat olib borishlari mumkin emas. Buning uchun har xil strukturalar va yo’llar bor – ular haqida har bir mijoz bilan alohida suhbatlashganda aytib berishimiz mumkin.

Dubay Erkin Zonalarida ochilgan firmalar Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat yoki Mas’uliyati Cheklangan Hamkorlik ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu albatta ta’sischilarning maqsadiga va biznes planiga bog’liq.

Qisqa qilib aytganda, MChJ va MChH (LLC va LLP) ikkalasi shaxsiy aktivlarni biznes qarzlari va majburiyatlaridan himoya qiladi. Biroq, MChJda a’zolar (shareholders, ta’sischilari) boshqa a’zoning javobgarligidan himoyalanmagan, ammo MChH’da bu himoya mavjud. Masalan, agar muhandislik amaliyotida MChJ a’zosi (shareholder, ta’sischisi) biznesda qonuniy javobgarlikka olib keladigan xato qilsa, MChJ va uning barcha a’zolari (shareholders, ta’sischilari) javobgarlikka tortilishi mumkin. Ammo, agar MChH sherigi (partner) biror xatolik uchun qonuniy javobgar bo’lsa, boshqa sheriklar (partners) birgalikda javobgar bo’lmaydi.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Ofshor Yurisdiktsiyada ochilgan Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (Offshore Jurisdiction LLC)”][vc_column_text]

BAA Ofshor Kompaniyalari – Yaqin Sharq mintaqasida biznes yuritishning eng mashhur usullaridan biridir. BAAda uchta ofshor yurisdiktsiya mavjud:

1) Jebel Ali Ofshor Yurisiktsiyasi (Jebel Ali Offshore Zone)
2) Ras Al Khaimah (RAK)
3) Ajman.

Ular bir biriga o’xshash xizmatlar va sharoitlarni taklif qiladilar, ammo biznesdagi turli strategik maqsadlarni hisobga olganda ularning farqlari bor, albatta. Jebel Ali Ofshor Yurisdiktsiyasida ochilgan firma xalqaro biznesda “Toj” kabi ulug’lanadi (International Business Crown), chunki Dubay Amirligida ko’chmas mulkka egalik qilish / saqlash huquqi berilgan yagona ofshor yurisdiktsiya ayna Jebel Alidir. JAFZA (Jebel Ali Free Zone) Ofshor Yurisdiktsiyasi JAFZA Erkin Zonasi ostida ishlaydi.

[/vc_column_text][vc_column_text]

BAA ofshor kompaniyalari quyidagi afzalliklarni taklif etadi:

1) Korporativ Soliqlari yo’q (Corporate Tax)
2) Kompaniyaga 100% chet ellik egaligi
3) 100% kapital va foydani qaytarish (Repatriatsiya)
4) BAA’da bank hisob raqami (UAE Bank Account)
5) Xalqaro hisob-faktura (International Invoicing)
6) Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat (LLC)
7) Soliq ma’lumotlari almashish to’g’risidagi shartnomalar yo’q (Tax Information Exchange Agreements)
8) Mutlaq maxfiylik
9) BAAda ko’p valyutali bank hisob raqamlarini yuritish imkoniyati
10) BAAda virtual ofis imkoniyatlari

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Tijorat Agentligi Shartnomasi (Commercial Agency Agreement)”][vc_column_text]

O’z mahsulotlarini BAAga olib kirish va tarqatishni istagan xorijiy kompaniyalar quyidagi yo’llar orqali buni amalga oshirishlari mumkin:

1) BAA fuqarosi yoki to’liq BAA fuqarolariga tegishli bo’lgan firma bilan Tijorat Agentligi Shartnomasi imzolash. Bunday shartnomaga ko’ra BAA fuqarosi yoki BAA fuqarolariga tegishli bo’lgan firma chet ellik mahsulot yetqazib beruvchi korxonaning BAA’dagi agenti bo’ladi va Tijorat Agentligi Shartnomalar BAAning 1981 yil 18-sonli Federal qonuni bilan tartibga solinadi;

2) BAAning Erkin Zona (Free Zone) va Ofshor Yurisdiktsiyalaridan tashqaridagi (Offshore Jurisdictions), Shaharlar va Amirliklar ichidagi bozorlariga o’z mahsulotlarini olib kirish va tarqatish uchun onshor MChJ
(Onshore LLC) kompaniya tashkil etish;

3) BAAda tovarlarni olib kirish va tarqatish uchun litsenziyaga ega bo’lgan BAA korxonasi bilan mahsulotni taqsimlash to’g’risida shartnoma tuzish. Mahsulot Tarqatish shartnomalari BAAning 1985 yildagi 5-sonli “Fuqarolik To’g’risidagi Federal Qonun” bilan tartibga solinadi (UAE Federal Law No. 5 of 1985 on Civil Transactions);

4) BAAda tovarlarni olib kirish va tarqatish uchun litsenziyaga ega bo’lgan BAA korxonasi bilan franchayzing shartnomalari tuzish. Franchayzing bo’yicha bitimlar BAAning 1985 yildagi 5-sonli “Fuqarolik To’g’risidagi Federal Qonun” bilan tartibga solinadi (UAE Federal Law No. 5 of 1985 on Civil Transactions);

5) BAAda tovarlarni olib kirish va tarqatish uchun litsenziyaga ega bo’lgan BAA korxonasi bilan Qo’shma Korxona (Joint Venture) tuzish haqida shartnoma tuzish. Qo’shma Korxona to’g’risidagi bitlar BAAning 1985 yildagi 5-sonli “Fuqarolik To’g’risidagi Federal Qonun” bilan tartibga solinadi (UAE Federal Law No. 5 of 1985 on Civil Transactions);

[/vc_column_text][vc_column_text][/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Filial / Vakolatxona (Branch / Representative Office)”][vc_column_text]

Filial (Branch) o’zining bosh kompaniyasi (parent company) bilan bir xil yuridik shaxsga ega va o’z faoliyatini bosh kompaniya nomi ostida olib boradi.

Filial (Branch) faqat o’zining bosh kompaniyasining (parent company) faoliyatiga o’xshash faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin, ammo bosh kompaniya (parent company) mahsulotlarini olib kirish (BAA’ga import qilish) bilan shug’ullanish mumkin emas, chunki bunday faoliyat mahalliy savdo agentlari uchun saqlab qo’yilgan. Ba’zi hollarda xorijiy kompaniyalarning Filiali (Branch) BAA Iqtisodiyot Vazirligidan qo’shimcha litsenziya olishi talab etiladi

Vakolatxona (Representative Office) faoliyati esa, bosh kompaniyaning
(parent company) faoliyatini targ’ib qilish bilan cheklangan, ya’ni Vakolatxonaning (Representative Office)ning asosiy faoliyati ma’lumot to’plash, bozorni o’rganish va kompaniyaning bosh ofis (parent company) tomonidan bajariladigan buyurtma va loyihalarni amalga oshirishdir.

BAA fuqarosi Filial (Branch) yoki Vakolatxona (Representative Office) uchun “xizmat agenti” (service agent) sifatida tayinlanishi kerak.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Fuqarolik Kompaniyasi yoki professionallar uchun biznes sheriklik (Civil Company)”][vc_column_text]

Fuqarolik kompaniyasi (Civil Company) bu shifokorlar, yuristlar, muhandislar va buxgalterlar kabi mutaxassislar uchun biznes sheriklikdir
(Business Partnership).

Fuqarolik kompaniyasi (Civil Company) 100% professional sheriklarga  (muhandislik fuqarolik kompaniyasidan tashqari) tegishli bo’ladi, ammo bunday korxona tashkil qilish uchun odatda BAA Milliy Mahalliy Xizmat Ko’rsatish Agenti (UAE National Local Service Agent) talab qilinadi.

Agar chet el kompaniyasi fuqarolik kompaniyasi (Civil Company) bilan bir sohada bo’lsa, fuqarolik kompaniyasida (Civil Company) sherik bo’lishi mumkin.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Firmaning korporativ bank hisob raqami qanday ochiladi?”][vc_column_text]

Kompaniya – xoh onshor (Mainland, onshore company in Dubai), xoh ofshor (Dubai offshore company) – har qanday biznesni amalga oshirish uchun bank hisob raqamini talab qiladi. BAAda korporativ bank hisob raqamini ochish BAAning onshor kompaniyalari uchun nisbatan oddiy protsedura. Shu bilan birga, mijozni identifikatsiya qilish talablari biznesning hajmi va faoliyatiga qarab farq qilishi mumkin.

Tabiiyki, korporativ bank hisob raqamini ochish uchun banklar tashkilotlardan to’liq yuridik hujjatlarni talab qilishadi. Korporativ shaxslarga tegishli bo’lgan kompaniyalar ta’sischilarni identifikatsiya qilish va egalik huquqini aniqlash uchun korporativ hujjatlarning to’liq to’plamini taqdim etishlari kerak. Ko’pgina hollarda, ushbu hujjatlar tashkilotlar ro’yxatga olingan mamlakatlarda va yana qaytatdan BAAda notarius tomonidan tasdiqlanishi va legalizatsiya qilinishi kerak.

So’nggi o’n yillikda soliq to’lashdan bo’yin tovlash, pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi global tashabbuslar Markaziy Bankni ofshor kompaniyalarda hisob raqamlarini ochadigan banklarda mijozlarni sinchkovlik bilan tekshirish tartibini joriy etishga majbur qildi. Natijada, banklar mijozlardan asosiy biznes yo’nalishlarini, valyuta va jamg’arma depozitlarining taxminiy hajmini, daromad darajasi va asosiy mijozlari va mahsulot etkazib beruvchilari va boshqa barcha kerakli ma’lumotlarni talab qilishni boshlashgan.

[/vc_column_text][vc_column_text]BAAda korporativ bank hisob raqamini ochish uchun zarur bo’lgan hujjatlar:

1) Kompaniyaning savdo litsenziyasi (Company Trade License);
2) Ro’yxatdan o’tish to’g’risidagi guvohnoma (Certificate of Registration);
3) Ulashish sertifikati (lar) (Share Certificate(s));
4) Kompaniya Memorandumi (Company Memorandum & Articles of Association);
5) Kompaniya xodimiga hisob ochish huquqini beruvchi kengash qarori (Board Resolution emppowering a Company Officer to open the account);
6) Aktsiyadorlar va vakolatli imzo chekuvchilar uchun pasport nusxalari (Passport copies for the shareholders and authorized signatories)

Eslatma: Kerakli hujjatlar bankka va kompaniyaning korporativ tuzilishiga qarab o’zgaradi. BAAdan tashqarida bo’lgan korporativ aktsiyadorlari bo’lgan kompaniyalar, ro’yxatga olingan mamlakatida va yana BAAda kompaniyaning barcha hujjatlarini notarial tasdiqlashlari va legalizatsiya qilishlari shart bo’ladi.

Aksariyat mahalliy banklar minimal bank balansini saqlashni talab qiladilar, bu ma’lum bir bankka va muayyan hisob turiga bog’liq. Banklar odatda hisobdan o’rtacha 20,000 AED (taxminan 5500 AQSh dollari) va 150,000 AED o’rtasidagi balansni saqlashni talab qiladilar. Agar o’rtacha balans talab qilinadigan miqdordan past bo’lsa, hisob raqamiga nominal to’lov olinadi.

Korporativ bank hisob qaramini ochish uchun belgilangan muddat mavjud emas. Har bir bankda ichki tartib va hisobvaraq ochish muddatlari mavjud. BAAda MChJ (LLC) yoki Erkin Zona (Free Zone) kompaniyasi uchun hisob raqamini ochish uchun odatda 2 dan 10 haftagacha vaqt ketadi (ba’zida undan ham ko’proq). Biroq, bu kafolatlanmagan (ayniqsa, ofshor kompaniyalarga nisbatan), chunki har bir murojaat bankning ichki talablariga va boshqaruviga muvofiq bo’lishi kerak.

Shuningdek, aksariyat banklar – 99% – mijoz bilan yuzma yuz ko’rishishni talab qiladi. Bu uchrashuvda bank xodimi mijozdan firma haqida, biznes rejasi va boshqa aniq moliyaviy ma’lumotlar so’raydi. Bu jarayon va talablar nafaqat BAA’da, balki dunyoning boshqa rivojlangan davlatlarida ham bir xil. [/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Dubayda Korporative Soliqlar”][vc_column_text]

Dubayda joylashgan kompaniyalar daromadlaridan soliq to’lashlari shart, ammo hamma kompaniyalar ham buni amalga oshirishi shart emas. Dubayda korporativ soliqqa tortish faqat banklar va neft kompaniyalari bilan cheklangan, ya’ni faqat banklar va neft kompaniyalari korporativ soliq to’laydi. Dubaydagi boshqa turdagi kompaniyalar korporativ soliqqa tortilmaydi.
 
Dubaydagi neft kompaniyalari BAA tomonidan olinadigan daromad uchun maksimal 55% korporativ daromad solig’iga tortiladi. Dubaydagi chet el banklarining filiallariga kelsak, ular Dubaydagi daromadlaridan 20% soliq stavkasini to’lashlari shart. Soliq solinadigan daromadni hisoblash usuli bu ikki soliqqa tortiladigan korxonalar uchun farq qiladi: banklar uchun soliq ularning tekshirilgan moliyaviy hisobotiga ko’ra hisoblab chiqiladi, neft kompaniyalari uchun soliq esa ularning imtiyoz shartnomalariga muvofiq to’lanadi. Shuningdek, Dubayda neft kompaniyalari royaltilar kabi boshqa soliq turlarini to’lashlari kerak.

Eslatma: Yuqorida aytib o’tilgan kompaniyalar chet elga yuborilgan dividendlar va foizlar uchun soliq to’lamaydilar.

Foyda solig’i mavjud bo’lmaganligi sababli, hozirgi kunda Dubay investorlar orasida afzal ko’rilgan biznes markazlaridan biriga aylangan bo’lsa ham, 2018 yil yanvar oyidan boshlab ko’p narsa o’zgardi. Davlat ma’lum tovarlar va xizmatlar uchun QQSning (VAT) 5 foizli stavkasini joriy qildi. Albatta, dunyo bo’yicha boshqa mamlakatlarga nisbatan Dubayda QQS
(VAT)stavkasi past.

Zargarlik buyumlari, tamaki mahsulotlari, hashamatli avtomobillar va alkogol sanoatida faoliyat yuritadigan kompaniyalar 2018 yil yanvar oyidan boshlab QQS to’lashmoqda. Bundan tashqari, BAAda zarur bo’lmagan tovarlarga (non-essential goods) aktsiz solig’i joriy qilgan.
 
Eslatib o’tamiz, Dubaydagi filiallarga Dubaydagi boshqa kompaniyalar singari qo’shimcha soliq solinmaydi.

2016 yil oktyabr oyidan boshlab BAA moliya idoralari tamaki mahsulotlari va gazlangan ichimliklarga 50% – 100% stavka bo’yicha aktsiz solig’ini joriy etishdi. Bular sog’liqqa zararli mahsulotlar deb hisoblanadi, ulardan 2018 yildan boshlab 5% QQS undirib olinadi. Shuni aytish kerakki, aktsiz solig’i GCC (Fors ko’rfazi hamkorlik kengashi) mamlakatlarida ham joriy qilingan.

Dubayda sog’liqni saqlash va ta’lim, shuningdek asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga QQS to’lanadi. Kerak bo’lmagan tovarlarga 50% dan 100% gacha bo’lgan aktsiz solig’i olinadi. Masalan, energetik ichimliklar, hashamatli avtoulovlar va tamaki mahsulotlariga 100 foizli aktsiz solig’ining joriy etilgan.

Dubayning erkin savdo zonalarida ochilgan kompaniyalar juda ko’p imtiyozlarga ega va ular orasida soliq to’lamaslik ham bor.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Dubayda firma ochishga qancha vaqt ketadi?”][vc_column_text]

Agarda mijozlarimizdan talab qilinadigan hujjatlar:

1) Barcha ta’sischilarning pasport nusxalari – notariusdan tasdiqlangan va legalizatsiya qilingan;

2) Firma direktori pasport nusxasi – notariusdan tasdiqlangan va legalizatsiya qilingan;

3) Barcha ta’sischilar va direktorning yashash manzilini isbotlovchi hujjatlar – notariusdan tasdiqlangan va legalizatsiya qilingan;

4) Firma turiga qarab boshqa talab qilingan hujjatlar.

tayyor bo’lib, bizga originallari yetqazilgach, Dubayda firma ochish rajayoni 5-10 kundan 2 oygacha vaqt oladi. Hamma firma turining va har bir biznesning o’ziga yarasha talablari mavjud. Shuning uchun, bir aniq muddat aytish qiyin. Firma ochish uchun mijozlarimiz Dubayga borishlari talab qilinmaydi.[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Dubayda firma ochish orqali ish / yashash vizasi olish mumkinmi?”][vc_column_text]

Agar siz Birlashgan BAA’da kompaniya ochish orqali yashash huquqini qo’lga kiritmoqchi bo’lsangiz, “Business Residence Visa” deb nomlangan vizaga ariza topshirishingiz mumkin.

Buning uchun siz yangi kompaniya tashkil qilishingiz yoki mavjud bo’lgan kompaniyaning aktsiyalarini sotib olishingiz mumkin, ammo kamida AED50,000 (to’lanadigan) qiymatga ega bo’lgan aktsiyalarga ega bo’lishingiz kerak.

Kompaniyangizni ro’yxatdan o’tkazganingizdan yoki aktsiyalaringizni sotib olganingizdan so’ng, kompaniya vizangizga homiylik qilishi mumkin. Ushbu viza 3 yilgacha muddatga, cheksiz yangilash imkoniyati bilan. Bunday vizani saqlab qolishning talabi shuki, siz viza muddati davomida kompaniyaning aktsiyalariga egalik qilishingiz va mamlakatga kamida 180 kunda hech bo’lmasa bir marta tashrif buyurishingiz shart. Uzoq vaqt davomida bo’lmaslik vizaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

Viza sizga 7 ta Amirlikning istalganida yashash huquqini beradi. Hukumat bilan bog’liq barcha ishlar sizning BAAda yashash vizangiz berilgan amirlikda bajarilishi kerak.

Vizani olganingizdan so’ng, siz 3 yillik viza uchun murojaat qilishi mumkin bo’lgan qarindoshlaringizga homiylik qilishingiz mumkin (ularning vizalari ham sizniki kabi har 2-3 yilda yangilash imkoniyati bilan beriladi). Oila a’zolaringiizga viza qilish uchun, siz oilaviy aloqangizni namoyish qilishingiz (isbotlashingiz) va kamida oyiga AED4,000 (1090 AQSh dollari) miqdorida pul ko’rsatishingiz kerak. Erkak o’z farzandlari uchun viza olish uchun murojaat qila olmaydi, ariza xotini bilan birga berilishi kerak. Agarda xotini favot etgan bo’lsa, erkak kishi farzandlari uchun vizaga ariza berishi mumkin bo’ladi.

Dubayda doimiy yashash vizasi yo’q, ya’ni har 2-3 yilda bir marta vizani yangilash kerak. Ushbu viza Dubayda fuqarolik olishga imkoniyat yaratmaydi.

Talablar va hujjatlar

1) Firmangiz joylashgan Erkin Zonadan “Hech Qanday Qarshilik Yo’q Sertifikati” (No Objection Certificate).
2) Sug’urta kartasi yoki yoki sug’urta obuna sertifikati (Health Insurance Card or insurance subscription certificate) + Tibbiy sug’urtaning dalillari
3) Tibbiy ko’rik natijasi / sertifikati – Tibbiy ma’lumotnoma
4) Tashkilot kartasi.
5) Pasportning asli va nusxasi + Pasport o’lchamidagi uchta rasm
6) Bank ma’lumotnomasining asl nusxasi (6 oydan katta emas)
7) Bank bayonnomasi
8) Politsiyadan olingan guvohnomaning asl nusxasi (Police Clearance Certificate)
9) BAA e-gate kartasi yoki “The Stamp”
10) Kompaniyaning ta’sis hujjatlari va litsenziyalari.
11) Iqtisodiy Rivojlanish Boshqarmasi (Department of Economic Development) tomonidan berilgan “Inspection Form” ning asl nusxasi.
12) Kompaniya Uyushmasi Memorandumi (Memorandum of Association).
13) Kompaniyaning savdo litsenziyasi.
14) kompaniyaning ta’sis kartasi – kompaniyaning Immigratsiya bo’limida ro’yxatdan o’tganligini tasdiqlovchi karta.
15) Empost stikeri.

Dubayda firma ochish orqali yashash vizasini olish uchun rasmiy ravishda hech qanday millatga cheklovlar yo’q.

BBA’da Ikki fuqarolik tan olinmaydi.

Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi bo’lish uchun avvalgi / hozirgi fuqaroligingizdan voz kechishingiz kerak.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][qode_accordion_tab title=”Dubayda firma ochish uchun qancha ustav kapitali kerak bo’ladi?”][vc_column_text]

Har bir ro’yxatga olish ma’muriyati (Erkin Zonalar, ofshor yurisdiktsiyalar va onshor firmalar ma’muriyatlari) o’z ustav kapitalining minimal miqdorini belgilab qo’yganligi sababli, sizning kompaniyangizning bank hisob raqamiga qancha miqdordagi mablag’ kiritishingiz kerakligi to’g’risida universal javob yo’q. Bu sizning kompaniyangiz ro’yxatdan o’tgan joyga va biznesingizga bog’liq bo’ladi.

BAAda shunday Erkin Zonalari borki, ular ustav kapitalni atigi 1000 AED dan kam bo’lmagan miqdorda belgilab qo’yishgan. Shuningdek, ustav kapitalining minimal miqdori AED 185,000 yoki hatto 300.000 AED ni tashkil etadigan Erkin Zonalar ham mavjud. Ayrim erkin zonalar, umumiy savdo kompaniyalari (General Trading Companies) uchun minimal 1.000.000 AED miqdoridagi ustav kapitalni talab qiladi.

Dubayda firma ochganda o’rtacha ustav kapitali 50 000 AED’ni tashkil etadi, bu taxminan 13000 AQSh dollari degani. Ustav kapitalini firma hisobiga qo’yish odatda kompaniyani ro’xatga qo’yish jarayonida yoki kompaniya ro’yxatdan o’tganidan keyin amalga oshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, Dubayda kompaniya tashkil etilayotganda ustav kapitalini kiritish shart bo’lmagan bir necha Erkin Zonalar ham mavjud. To’liq ma’lumot uchun biz bilan bog’laning.

[/vc_column_text][/qode_accordion_tab][/qode_accordion][vc_empty_space][vc_empty_space][/vc_column][vc_column width=”1/6″][/vc_column][/vc_row]

error: Content is protected !!