Xitoydan Mahsulot olish (Sourcing xizmati)
Iltimos, quyidagi formani to’ldiring va biz sizga Xitoydan istalgan mahsulotni eng arzon va yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi / zavodlardan topishda yordam beramiz. Xitoydan mahsulot topish, zavodlar / sotuvchilar bilan sizning nomingizdan gaplashish, savdolashish va mahsulotni siz istagan manzilga jo’natib yuborishni tashkillashtirish – eng arzon va sifatli logistika firmalarini topish va Xitoyda kerak bo’ladigan eksport hujjatlarni tayyorlashda yordam berish (jo’natish narxi bunga kirmaydi) xizmat haqqi $310.
Zavodlarga borish: Agarda mahsulotni zavodga shaxsan borib tekshirish kerak bo’lsa, biz bilan bog’laning: Bizda Xitoy bo’ylab turli zavodlarga borib mahsulot sifatini tekshirish xizmat ham mavjud.
Eslatma: Mahsulotning umumiy narxidan qat’i nazar, biz xizmat haqqini o’zgartirmaymiz va mahsulotning haqiqiy narxi ham o’zgarmaydi (Ya’ni zavod bergan narx).
Jo’natib berish: Mahsulotning umumiy hajmi, mahsulot turi, jo’natiladigan manzil va boshqa tafsilotlarga qarab narx turlicha bo’ladi. Aniq narxni mahsulot topib bo’lingach aytamiz.
Savollar: Qo’shimcha savollarni +8613040688804 telegram raqamiga jo’natishingiz mumkin.